Tojikistonda terrorchilik xavfiga qarshi kurash malakasini oshirish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikda yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. O‘quvlarga 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, ko‘p miqdorda zirhli texnika va aviatsiya jalb qilinadi, deb xabar beradi “TASS” Tojikiston mudofaa vazirligi matbuot markaziga asoslanib.
Qo‘shma mashg‘ulotlarning faol bosqichi Xatlon garnizonining besh poligonida — “Laur”, “Sunbula”, “Momirak”, “Harbmaydon”, “Halqayer” tayyorgarlik bazalarida o‘tadi. Ularda tojikistonlik 50 ming harbiy xizmatchi, zobit va zaxira xizmatchilari, 2 mingdan ortiq rossiyalik askar va zobitlar ishtirok etadi.
Tojikiston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Faridun Mahmadalizodaning so‘zlariga qaraganda, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik tarixida birinchi marta mashg‘ulotlarda, Rossiya 201-harbiy bazasi xizmatchilaridan tashqari, RF mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugining qo‘shimcha kuchlari va vositalari qatnashmoqda.
Izoh (0)