AQShda elektron pochta asoschisi Rey Tomlinson 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda, uning hamkasbi, TCP/IP protokollari steklarini ishlab chiqqan Vint Serfga asoslanib, Meduza xabar berdi.
Massachusets universitetini tamomlagan Rey Tomlinson 1967-yilda Bolt, Beranek and Newman kompaniyasiga ishga kirdi. U yerda mutaxassis ARPANET tarmog‘i orqali ma’lumot uzatish uchun CPYNET dasturini yaratdi.
Shundan so‘ng u CPYNET kodining bir qismidan boshqa kompyuterlarga matnli xabarlar yo‘llash uchun foydalandi.
Birinchi elektron maktubni Tomlinson 1971-yilda yo‘lladi. U, shuningdek, ismni xostdan ajratish uchun @ belgisidan foydalanishni ham birinchi bo‘lib boshlab berdi. O‘shanda uning kashfiyoti katta yutuq sifatida qabul qilinmadi, lekin keyinroq ommalashdi.
2012-yilda Tomlinson internet Shon-sharaf zaliga kiritildi.
Izoh (0)