JARda o‘tayotgan Cape Argus Tour velomarafoni chog‘ida mahalliy tuyaqush sportchilar bilan musobaqalashdi. TJournal saytining ma’lum qilishicha, jonivor kutilmaganda butazor ichidan yo‘lga chiqdi va poygaga qo‘shildi.
“Boshida biroz qo‘rqdim, lekin keyin kulgidan velosipeddan yiqilaman deb o‘yladim. Tuyaqush uchun 50 km/soat tezlikni ushlab turish hech qanday muammo tug‘dirmadi. O‘ylashimcha, u terlamasdan 70 km/soat tezlikka ham chiqishi mumkin edi. Taxminimcha, u dugonasining oldida o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bas boylashamanki, dugonasini hayratda qoldira oldi”, — dedi voqeani videoga olgan Aleksey Mishchenko.
Izoh (0)