Kolumbiya politsiyasi va Harbiy-dengiz kuchlari 3-mart, payshanba kuni amalga oshirgan ikki operatsiya natijasida uch tonnadan ortiq kokainni musodara qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Birinchi operatsiya Choko departamentida o‘tkazilgan. U yerdan 0,9 va bir tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi bo‘lgan ikkita yuk topilgan. Santa Fe radiosi kokain “Usuga oilasi” jinoiy to‘dasiga tegishli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari Karib dengizidagi qayiq bortidan 1,1 tonnadan ortiq kokain yukini topdi. Kokainni dastlab Markaziy Amerikaga, keyin esa AQShga yuborish rejalashtirilgan.
Izoh (0)