“Real” (Madrid) himoyachisi va klub sardori Serxio Ramos jamoadoshlari — yarim himoyachilar Isko va Xames Rodrigesni nomaqbul xatti-harakatlari uchun tanqid ostiga oldi. Bu haqda Marca nashri sobiq bosh muharriri Eduardo Inda ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Sports.ru”.
Ramosning tanqidi “Qirollik klubi” o‘z maydonida “Atletiko”dan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng (0:1) mazkur futbolchilarning Opium tungi klubiga ko‘ngilxushi uchun borgani bilan bog‘liq ekanligi aytilmoqda.
“Real” Xames va Iskoning o‘yinlaridan ham qoniqish hosil qilayotgani yo‘q: o‘yinchilar mavsum yakunlangach, transferga qo‘yilishi mumkin.
Izoh (0)