Davlat raqobat qo‘mitasi Facebook tarmog‘ida alkogol va tamaki (chilim) iste’molini targ‘ib qilgan bir necha kompaniyalarga nisbatan ish qo‘zg‘adi. Bu haqda “Iste’molchi” nashriga tayanib, “1news.uz” xabar bermoqda.
Italiano VERO, Bier Regen restoranlari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida pivoni, Petrovich restorani esa rus arog‘ini reklama qilgan. Mazkur holatlar yuzasidan restoran egalariga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlari reklamasi taqiqlangan.
Izoh (0)