Astraxanlik fotosuratchi Yevgeniy Polonskiy Leonardo Di Kapriodan u o‘z Instagram’ida u olgan suratdan beruxsat foydalangani uchun ranjiganini aytdi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. Uning aytishicha, aktyor sayg‘oq aks etgan fotosurat muallifini ko‘rsatish haqidagi so‘rovga javob berganicha yo‘q.
“O‘zim ham Di Kaprioga yozib, muallifni ko‘rsatishni so‘radim. Ishonchim komil, u o‘zining uzoq kutilgan birinchi “Oskar”ini nishonlab bo‘lgach, buni albatta amalga oshiradi. Hech qanday yuridik shikoyatlarim yo‘q. Biroq bunday noyob va hurkak jonivorlarni suratga tushirish — juda murakkab ish. Suratlarni beruxsat olishgani esa alam qiladi”, — dedi Polonskiy.
Di Kaprio suvloqdagi sayg‘oq tasvirini uch oycha avval joylagan edi. Unga yozilgan izohda aktyor 2015-yil sayg‘oqlar uchun g‘oyat murakkab kechganini qayd etdi: ularning yarmi “sirli kasallik” tufayli qirilib ketdi, shu tufayli BMT ushbu turni noyob jonivorlar sonini qayta tiklash bo‘yicha o‘z rejasiga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Di Kaprio “Omon qolgan” filmidagi ijrosi uchun yilning eng yaxshi aktyori deb topilib, faoliyatida birinchi marta “Oskar” haykalchasi bilan taqdirlandi.
Izoh (0)