Xonanda Sem Smit josus Jeyms Bond haqidagi so‘nggi — “Spektr” filmiga asosiy qo‘shiq sifatida kuylagan kompozitsiyasi AQSh kinoakademiyasi tomonidan 2015-yilning film uchun yozilgan eng yaxshi qo‘shiq deb topildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xonandaning “Writing’s on the Wall” qo‘shig‘i unga “Oskar” mukofotini keltirdi.
Mazkur yo‘nalishda mukofotga, Smitdan tashqari, Leda Gaga, reper The Weeknd, Devid Leng va Joshua Ralfning qo‘shiqlari ham da’vogarlik qilgandi.
Izoh (0)