Rim papasi Fransisk 26-fevral, juma kuni Instagram bosh direktori va asoschilaridan biri Kevin Sistromni qabul qildi. “TASS” agentligining ma’lum qilishicha, Vatikandagi Havoriylar saroyida o‘tkazilgan uchrashuvda tasvirlarning birlashtiruvchi qudrati muhokama qilingan.
Sistrom ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Rim papasi bilan turli til va madaniyat vakillarini video va foto kuchi birlashtirishi haqida suhbat olib borilgan.
“Bu hayotimdagi eng unutilmas uchrashuv bo‘ldi”, – deb ta’kidladi u.
Vatikanning bosh pontifikiga sovg‘a tariqasida Instagram’da chop etilgan eng yaxshi fotosuratlar to‘plangan kitob tortiq qilindi.
Vatikanning Instagram’da o‘z sahifasi bor.
Ilgari Fransisk Apple bosh direktori Tim Kuk bilan uchrashgan edi.
Izoh (0)