Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy “Stranja” xalqaro turniri yakuniga yetib bormoqda, deb xabar beradi “Sports.uz”.
O‘z tarixida 67-marotaba o‘tkazilayotgan musobaqada dunyoning 40 dan ziyod davlatidan 300 nafarga yaqin bokschilar ishtirok etyapti.
Kecha, 26-fevral, juma kuni -69 kilogramm vazn toifasida o‘tkazilgan yarim finalda o‘zbekistonlik bokschi Mahmud G‘oipov xitoylik Lui Veyga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu bellashuvda O‘zbekiston vakili 3:0 hisobida raqibidan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yana bir yarim final bellashuvida o‘zbekistonlik Sardorbek Begaliyev (-91 kg) rossiyalik Yevgeniy Tishenkoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bugun, 27 fevral, shanba kuni “Stranja” xalqaro turnirining final janglari o‘tkaziladi.
Izoh (0)