Noma’lum shaxslar Yaman harbiy razvedkasi rahbari general Adham al-Jaariyni o‘ldirdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, hujum Adan shahrining As-Saad tumanida sodir etilgan.
Jinoyat ortida kim turganligi va hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.
2014-yilning avgustidan buyon Yamanda Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakat hukumati va shia isyonchilari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar davom etmoqda.
Izoh (0)