Osiyo Chempionlar Ligasining “B” guruhida ishtirok etayotgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi 2-tur doirasida Saudiya Arabistonining “An-Nassr” jamoasini Toshkentda qabul qiladi. Ushbu o‘yinni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Bunyodkor” klubi matbuot xizmati.
“Bunyodkor” – “An-Nassr” uchrashuvini Mohd Amirul Izvan bin Yoqub boshchiligidagi malayziyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Qayd etish kerakki, ushbu referi bungacha faoliyati mobaynida “qaldirg‘ochlar” ishtirokidagi 2014-yilgi “Bunyodkor” – “Al-Hilol” bahsini boshqargan.
Ma’lumot o‘rnida, “Bunyodkor” – “An-Nassr” uchrashuvi joriy yilning 1-mart, seshanba kuni, Toshkentning “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, OChL–2016 guruh bosqichining 1-turida “Bunyodkor” Saudiya Arabistonida “An-Nassr” mehmoni bo‘lib, 3:3 hisobida durang qayd etgandi.
OChL–2016. “B” guruhi, 2-tur
“Bunyodkor” (O‘zbekiston) – “An-Nassr” (Saudiya Arabistoni)Referi: Mohd Amirul Izvan bin Yoqub (Malayziya)
Referi assistenti 1: Mohd Yusri bin Muhammad (Malayziya)
Referi assistenti 2: Muhammad Muazi bin Zainal Abidin (Malayziya)
To‘rtinchi hakam: Mizanur Rahmon (Bangladesh)
Hakamlar eksperti: Abdulkarim Said (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Omid Jamali (Eron)
Izoh (0)