Papua-Yangi Gvineya sharqidagi Lae shahrida joylashgan qamoqxonadan qochishga uringan 11 nafar mahbus politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Yana 17 nafar mahbus yaralangan. Bu haqda mahalliy EMTV telekanali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Telekanalning ma’lum qilishicha, hodisa mahalliy vaqt bo‘yicha 13:00 atrofida yuz bergan. 30 dan ortiq mahbus qamoqxonaning ikki qo‘riqchisiga hujum qilib, turmani tark etgan. Qamoqxona boshlig‘i hodisa haqida politsiyani xabardor etgandan so‘ng, qochoqlarni ta’qib etish boshlangan.
Mahbuslarning 11 nafari otib o‘ldirilgan, yaralangan 17 nafar mahbus esa yana qamoqxonaga qaytarilgan. Qamoqxonadan qancha mahbusning qochganligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)