Kanadada xokkey uchrashuvi chog‘ida Sherbrukning “Xoki-Eksperts” yoshlar jamoasining 21 yashar o‘yinchisi Olivye Markott politsiya tomonidan hibsga olindi. Meduza nashrining ma’lum qilishicha, o‘yindan chetlashtirilgan Olivye jahl ustida hakamga tashlandi, ammo tez orada ikki nafar hakam uni yengib, muz ustiga yiqitdi.
Shundan so‘ng muzga navbatchi politsiyachilar chiqib, o‘yinchini olib ketdi.Xokkeychi o‘sha kuniyoq ozod qilindi, unga qarshi hech kim shikoyat qilmadi.
“Xoki-Eksperts” jamoasi 9:3 hisobida yengilib, pley-off bosqichidan chiqib ketdi.
Izoh (0)