Nigeriya OPEK tashkilotining bir qator a’zolari va Rossiyaning tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, neft qazib olishni 2016-yilning yanvar oyi holati bo‘yicha muzlatib qo‘yishga rozi bo‘ldi. Bu haqda jurnalistlarga OPEK raisi, Nigeriya neft vaziri Emmanuel Ibe Kachikvu ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Hozirgi paytda biz OPEK kvotasida belgilangan miqdordagi neftni ham eksport qilayotganimiz yo‘q”, — dedi vazir.
Uning so‘zlariga qaraganda, Nigeriya joriy oyda sutkasiga 2,2 million barrel neft qazib olmoqda. Bu esa yanvar oyidagi holatga muvofiq keladi. Shu bilan birga mamlakat ichki foydalanish uchun neft qazib olishni ko‘paytirish uchun imkoniyatlar qidirishda davom etadi.
Izoh (0)