Malayziya shimoli-g‘arbidagi suvlarda kemaning halokatga uchrashi oqibatida 15 kishi dom-daraksiz yo‘qoldi. “TASS” agentligining xabar berishicha, voqea Langkavi arxipelagi yaqinida, Malakka bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan.
20-fevral kechasi baliqchi kemasi qutqaruvchilarga halokat signalini yuborgan. Patrul kemasi Pulay Payyar orolidan 20 km narida qutqaruv ishlarini boshlab yuborgan. Ammo ob-havo sharoitlarining yomonligi tufayli tadbirlar vaqtinchalik to‘xtatilgan.
21-fevral kuni qutqaruv operatsiyasi qayta tiklangan. Kemada bo‘lgan 15 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Izoh (0)