Florida shtati sobiq gubernatori Jeb Bush AQSh prezidenti lavozimi uchun kurashdan chiqishini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net” Associated Press’ga tayanib.
“Bugun o‘z kampaniyamni yakunlayapman”, — dedi u Janubiy Karolina shtatida o‘z tarafdorlari qarshisida so‘zlagan nutqi chog‘ida.
Bush respublikachilar orasida o‘tkazilgan dastlabki saylovlarda ovozlarning 10 foizini to‘play olmadi.
Avvalroq AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod milliarder Donald Tramp Janubiy Karolinada o‘tkazilgan praymerizda g‘olib chiqqan edi.
AQSh prezidentligiga saylovlar 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Prezident lavozimi uchun saylovoldi poygada Donald Tramp va Hillari Klinton yetakchilik qilishda davom etmoqda.
Izoh (0)