Rossiyaning Yekaterinburg shahrida yashovchi Fanil Kiranov 9,2 ming gugurt donasidan Eyfel minorasining kichraytirilgan nusxasini yasadi. Buning uchun yarim yilga yaqin vaqt ketdi, deya xabar beradi “TASS”.
“Texnik ma’lumotim yo‘q, barchasini chizmalarsiz bajaraman. Minora nusxasini yasash uchun uning fotosuratidan foydalandim”, — deya hikoya qiladi sim o‘rovchi bo‘lib mehnat qiladigan Kiranov.
Eyfeldan tashqari, yekaterinburglik havaskorning hisobida Moskvadagi Ostankino va Kanadaning Toronto shahridagi Si-En Tauer minoralari ham bor. Hozir bu ishlar uning uyida saqlanmoqda, ammo Kiranov minoralarni muzeyga topshirishga tayyor ekanligini bildirgan.
Izoh (0)