Tokio okrug sudi o‘tgan yili Yaponiya poytaxti markazidagi bosh vazir qarorgohi tomi ustiga uchuvchisiz qurilma — dronni qo‘ndirgan 41 yoshli ishsiz Yasuo Yamamotoni ijrosini keyinga surish sharti bilan 2 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dronga alangalanuvchi modda va “Fukusima-1” AES hududidan olingan tuproq solingan plastik idish biriktirilgandi. Sud buni davlat hokimiyati faoliyatiga to‘sqinlik, deb topdi va advokatlarning “ayblanuvchi bor-yo‘g‘i atom energetikasiga qarshi noroziligini bildirmoqchi” bo‘lgani haqidagi e’tirozlarini qabul qilmadi. Uchuvchisiz qurilma esa musodara etildi.
Ijroni keyinga qoldirish jazoga hukm etilgan shaxs ma’lum muddat davomida boshqa noqonuniy harakatlarni amalga oshirmasa, jazo bekor qilinishini anglatadi.
Izoh (0)