OPEKka a’zo bir qator davlatlar va Rossiya mutasaddilari 16-fevral, seshanba kuni Qatar poytaxti Dohada dunyo neft bozoridagi vaziyat borasida muzokaralar o‘tkazishi haqidagi xabarlar asnosida neft narxi ko‘tarilib bormoqda. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Jumladan, Brent turidagi neftning aprel fyucherslari 4,91 foizga oshib, bir barreli uchun 35,03 dollarga yetgan. WTI turidagi neftning mart oyi fyucherslari esa 4,98 foizga ko‘tarilib, bir barreli uchun 30,91 dollarni tashkil etgan.
OAVda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy Dohada muzokaralar o‘tkazishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Venesuela neft vaziri Euloxio del Pino ham mazkur uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh (0)