1997-yili Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari, undan oldinroq esa Rossiya davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan, ayni paytda xorijda istiqomat qilayotgan Alfred Kox xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Kox xalqaro qidiruvga sirtdan berilgan. Oldinroq sobiq arbob madaniy ashyolar kontrabandasida ayblanib, unga nisbatan federal qidiruv e’lon qilingandi.
Alfred Kox 2014-yilda Rossiyadan Germaniyaga ketayotganida buyumlari orasida bo‘lgan kartina musodara etilgan. O‘zining ta’kidlashicha, keyinchalik Federal xavfsizlik xizmati kartinani qalbaki deb topgan, biroq 200 ming rublga baholagan.
Moskva shahar sudi matbuot xizmati 16-fevral, seshanba kuni Lefortovo sudining ushbu qarori ustidan shikoyat ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)