AQSh prezidentligiga nomzodlar — Respublikachilar partiyasi vakillari milliarder Donald Tramp va Florida shtati sobiq gubernatori Jeb Bush teledebatlar chog‘ida Rossiyaning xalqaro maydondagi o‘rni borasida tortishib qoldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bush “Putin AQSh ittifoqdoshi bo‘lishi mumkin emas, buni butun dunyo biladi. U biz qo‘llab-quvvatlayotgan qo‘shinlarga hujum uyushtirmoqda”, — deya da’vo qilgan bo‘lsa, Tramp “Jeb mutlaqo nohaq. AQSh va Rossiya bir-biri bilan hamkorlik qilishi kerak. Suriyada milliardlab dollarlarni o‘zimiz ham kimligini bilmaydigan kimsalarga sarflayapmiz”, deya unga qarshi chiqqan.
AQSh prezidentligiga saylovlar 2016-yil noyabrida bo‘lib o‘tadi. Tramp bir necha bor agar ularda g‘olib chiqsa, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishini bildirgandi.
Izoh (0)