Rim papasi Fransisk patriarx Kirill bilan uchrashuv “emin-erkin ruhda va oshkora tarzda” o‘tganini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Men ilohiy zavq-shavq hissini tuydim. Bu birodarlarning muloqoti bo‘ldi”, — deya taаssurotlarini bayon qilgan Gavanadan Meksikaga yo‘l olgan papa.
Fransiskning qo‘shimcha qilishicha, Kuba rahbari Raul Kastro ishtirokida papa va patriarx imzolagan qo‘shma bayonot siyosiy yoki ijtimoiy hujjat emas, balki diniy deklaratsiyadir.
Izoh (0)