Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tergov idoralari siyosatchi Boris Nemsov o‘ldirilishining tashkilotchisi deb atab, sirtdan hibsga olgan Ruslan Muhiddinov mamlakatdan oilasini olib ketgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Vaziyatdan xabardor manbaning ma’lum qilishicha, Moskva markazida sodir etilgan qotillikdan so‘ng Checheniston IIV “Shimol” batalyoni sobiq qo‘mondonining haydovchisi bo‘lgan Muhiddinov Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi. Keyinchalik yana respublikaga qaytib keladi, lekin bu gal faqat oilasini olib ketish uchun.

“Ruslan qaytganidan so‘ng uning turmush o‘rtog‘i qayergadir g‘oyib bo‘ldi. Hoynahoy, u o‘zi bilan birga olib ketgan bo‘lsa kerak. Muhiddinovning uyi anchadan beri bo‘m-bo‘sh turibdi”, — deya ta’kidlagan manba.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“AQSHning O‘zbekistonda harbiy bazasi yo‘q va kelgusida ham bu yerda harbiy baza yaratish bo‘yicha reja yo‘q” — elchi Jonatan Xenik
Dunyo
“Haqiqiy ekotsid!” — Zelenskiy Kaxovka GESi portlatilganiga munosabat bildirdi (video)
Mahalliy
“Biz AQSH e’lon qilgan sanksiyalar O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari va sohalariga zarar yetkazmasligi uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz” — elchi