Sobiq chechen dala qo‘mondoni, ayni paytda Londonda istiqomat qilayotgan Ahmad Zakayev Ramzan Qodirovning Chechenistonga qaytish to‘g‘risidagi taklifiga munosabatini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Qayerda va qanday yashashni o‘zim hal eta olaman. Bu Chechenistondagi qarindosh-urug‘larim bilan ‘uchrashuv’ga o‘xshash ko‘z-ko‘z uchun qilingan bayonot. Nafaqat yaqin, balki uzoq qarindoshlarimni ham yig‘ishgan, mendan voz kechishga majburlashgan. Uning oldiga borish, Chechenistonda amalga oshirilgan va hozirda ham sodir etilayotgan jinoyatlarga sherik bo‘lishni istamayman”, — deya ma’lum qilgan Zakayev.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida Ahmad Zakayevning yaqinlari bilan tushgan suratlarini joylashtirib, uni Chechenistonga qaytishga undagandi.
Izoh (0)