Eron neft uchun hisob-kitoblarda dollardan voz kechdi, yangi shartnomalarda yevroda narx belgilanadi. Gap Fransiyaning Total, Ispaniyaning Cepsa va Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi bo‘linmasi — Litasco bilan kelishuvlar haqida ketmoqda, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shuningdek, Tehron o‘ziga tegishli muzlatib qo‘yilgan milliardlab dollar mablag‘ni ham Yevropa valyutasida qaytarib olishni rejalashtirgan. Reuters manbalariga ko‘ra, Eron sanksiyalar ostida bo‘lgan vaqtda hisob-kitoblarni yevroga o‘tkazishga qaror qilgan. Bunga “siyosiy sabablar” asos qilib ko‘rsatilgan.
Izoh (0)