KXDR Janubiy Koreyaga qarshi yadro quroli qo‘llanmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz millat ustiga bomba yog‘dirish uchun tiyib turuvchi yadro quroliga ega bo‘lganimiz yo‘q. Shimol va Janub o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishi, millat birligi va bu zaminda tinchlik hukm surishini istaymiz”, — deya ta’kidlanadi 5-fevral, juma kuni chop etilgan Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” gazetasi sharhida.
Nashrning bildirishicha, Pxenyanning yadro quroli “Koreya yarimorolida tinchlik va xavfsizlikni kafolatlash, AQShning KXDRni yakson qilishga qaratilgan yovuz niyatlariga barham berish” uchun zarur.
Izoh (0)