Rossiya Davlat dumasi deputati Oleg Paxolkov mamlakat iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevga 5 yil mobaynida neft eksportini to‘liq to‘xtatish va Rossiya iqtisodini neftga qaramlikdan xalos bo‘lish hisobiga rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Rossiyaning eng katta muammosi neftga qaramlikdan iborat” ekanligini ta’kidlagan deputat yiliga 20 foizdan qisqartirib borgan holda 5 yil ichida neft eksportini butunlay bekor qilish taklifini bergan.
Ma’lumot uchun, Rossiya 2015-yil yakunlari bo‘yicha rekord darajada — 534,081 million tonna neft qazib chiqargan, 220,267 million tonna neft chet elga eksport qilingan.
Izoh (0)