Xitoylik mutaxassislar iPhone ichki xotirasi hajmini oshirish usulini ko‘rsatdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U smartfonning maksimal hajmdagi ichki xotirali modifikatsiyasi uchun ko‘p pul to‘lamaslik imkonini beradi.
Shenchjen provinsiyasidagi mutaxassislar 60 dollar evaziga 16 gigabaytli iPhone’ni 128 gigabaytlisiga aylantirish usulini ishlab chiqdi. Ular ichki xotira kartasini almashtirish bilan birga, unga xizmat axborotini qo‘shib qo‘yadi va seriya raqamini o‘zgartiradi. Xuddi shunday hajmdagi “qonuniy” chipdan ma’lumotlar maxsus uskuna yordamida ko‘chirib olinadi.
Mohir ustalar aytishicha, iPhone 6 va iPhone 6s xotirasini kengaytirish ancha oson, ammo iPhone 5s’da bu ancha qiyinroq kechadi, chunki ushbu modeldagi tarkibiy qismlar tizim platasida mustahkam o‘rnashgan.
Izoh (0)