Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov uning siyosatchi Mixail Kasyanov tasvirlangan videosi o‘chirilishiga javoban Instagram ma’muriyatini so‘z erkinligiga tazyiq o‘tkazishda aybladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“AQShning ko‘ppaklari haqida bir og‘iz gap aytganimdan, ular Instagram’dan postni o‘chirib tashladi. Mana maqtalgan o‘sha amerikacha so‘z erkinligi! Nima yozsang, yozaver, lekin Amerikaning itlari, davlat departamenti va kongressning do‘stlariga til tekkizma”, — deb yozdi Qodirov yangi fotosuratiga ostiga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirovning Instagram’idan siyosatchi Mixail Kasyanov “nishon ostida” tasvirlangan video o‘chirilgan, u ijtimoiy tarmoq qoidalariga zid deb hisoblangan edi.