Yevroittifoq Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni davom ettiradi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan birgalikdagi matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Minsk kelishuvlari oxirigacha bajarilmagani tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettirishimizga to‘g‘ri keladi. Mazkur kelishuvlar amalga oshirilgani va sanksiyalar bekor qilinishi uchun zamin yaratilishi barchamiz uchun yaxshi bo‘lardi, biroq hali bunga erishganimizcha yo‘q”, — deya ta’kidlagan Merkel.
Germaniya kansleri Rossiyaga nisbatan sanksiyalar “Minsk-2” kelishuvi bajarilganidan so‘ng bekor qilinishi mumkinligini bildirdi.