Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyadagi “barcha internet-kompaniyalari faoliyati uchun bir xil sharoit yaratishga” qaratilgan qonunchilikka o‘zgartirish kiritish taklifini tayyorlash to‘g‘risida topshiriq berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Mazkur topshiriqni Federal antimonopoliya xizmati, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Federal soliq xizmati, “Internetni rivojlantirish instituti” va boshqa manfaatli idoralar 1-sentabrgacha bajarishi lozim.
Internet-kompaniyalarning katta qismi RFda shu’ba korxona yoki vakolatxonaga ega emas, shu sababli mamlakat hududida soliq to‘lamaydi. 2015-yil oxirida deputatlar Davlat Dumasiga rossiyalik foydalanuvchilar xorijiy internet-kompaniyalardan soft va kontentni xarid qilganda, qo‘shimcha qiymat solig‘ini solish (“Google’ga soliq solish”) qonun loyihasini taqdim etgandi.