Gollandiya politsiyasi potensial xavfli uchuvchisiz uchish qurilmalariga qarshi kurashish uchun burgutlarni shug‘ullantirishni boshladi, deb xabar beradi “N+1”.
Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, qoidabuzar uchuvchisiz uchish qurilmalarini tutish uchun turli usullar sinovdan o‘tkazilmoqda. Dronlarni tutish uchun radioelektron vositalardan tashqari to‘rlar va o‘rgatilgan qushlardan foydalanish usullari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Doimiy qo‘llash uchun qaysi usuldan foydalanish haqidagi qaror bir necha oydan keyin qabul qilinadi.