Ramzan Qodirovning Instagram’idan siyosatchi Mixail Kasyanov “nishon ostida” tasvirlangan video o‘chirildi, u ijtimoiy tarmoq qoidalariga zid deb hisoblandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Instagram vakili so‘zlariga ko‘ra, video hamjamiyatning boshqa a’zolarini hurmat qilish talabiga javob bermaydi. Ijtimoiy tarmoq qoidalariga ko‘ra, tahdid va zo‘ravonlikka da’vat mazmunidagi kontent o‘chiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov Instagram’iga “PARNAS” (Xalq ozodlik partiyasi) yetakchisi Mixail Kasyanovning snayper nishoni vizul effekti qo‘llanilgan videosini e’lon qilgan edi, unda jurnalist kichik Vladimir Kara-Murza ham aks etgan. Qodirov Instagram’dagi videosini “Kasyanov Rossiya muxolifati uchun pul olishga Strasburgga keldi. Tushunmaganlar tushunib oladi” — deya sharhlagan.