Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Texasdan senator Ted Kruz Respublikachilar partiyasining Ayova shtatidagi kokuslari (siyosiy partiya a’zolarining yopiq majlisi)da g‘olib chiqdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Foto: Ted Kruz

Foto: Ted Kruz

Ayovada 1-fevral kuni ham Respublikachilar, ham Demokratlar partiyasi uchun nomzodlarni dastlabki ilgari surish bo‘yicha prezidentlik kampaniyasi davomidagi birinchi partiya ichki majlislari bo‘lib o‘tdi. Respublikachilar ovozlarining 99 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng Kruz qariyb 28%, Donald Tramp 24%, Floridadan senator Marko Rubio 23% ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi.

Demokratik partiya kokuslarida esa AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton 49,9%, Vermontdan senator Berni Sanders 49,6% ovoz yig‘di. Demokratlardan uchinchi nomzod, Merilend sobiq gubernatori Martin O’Melli kurashdan chiqishini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi