Dubay xalqaro aeroporti yo‘lovchilar tashish hajmi bo‘yicha birinchilikni saqlab qoldi: 2015-yilda aeroport xizmatlaridan 75 million yo‘lovchi foydalangan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aeroport vakilining ma’lum qilishicha, yangi aviakompaniyalar va yo‘nalishlar qo‘shilganidan so‘ng 2015-yilda trafik 10,7 foizga oshgan. O‘tgan yil dekabr oyining o‘zida havo qo‘nalg‘asi orqali 7,05 million yo‘lovchi o‘tgan.
Ayni paytda 1,2 milliard dollar sarflangan yangi yo‘lovchi terminali sinovdan o‘tkazilmoqda, uning shu chorakda ish boshlashi kutilmoqda.
Izoh (0)