Shimoliy Koreya hukumatning 25-yanvardagi qarori bilan Shpitsbergen traktatiga qo‘shildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
KXDRning “Nenara” internet-nashrining ma’lum qilishicha, Pxenyan endi “Shpitsbergen arxipelagi hududida iqtisodiy va ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borishning xalqaro huquqiy kafolatini oldi”.
1920-yilda qabul qilingan traktat shartlariga ko‘ra, arxipelag ustidan Norvegiya suvereniteti o‘rnatilgan, shartnomaga a’zo qatnashchi-davlatlarga esa Shpitsbergenning tabiiy resurslari va hududiy suvlaridan foydalanishda teng huquq berilgan. Hozirda Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi 50 dan ziyod davlat shartnoma qatnashchisi hisoblanadi.
Izoh (0)