Tailand shifokorlari mamlakatda MERS koronavirusi bilan kasallanishga oid ikkinchi holatni tasdiqladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bemor 22-yanvar kuni Ummondan Tailandga kelgan 71 yoshli erkak ekanligi aytilmoqda. Bungacha u bir hafta davomida bezgak va yo‘tal bilan og‘irib, o‘z davlatidagi kasalxonada yotgan.
Tailand sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda bemor bilan aloqada bo‘lgan kishilar, jumladan, u bilan birga samolyotda uchib kelgan ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarni qidirmoqda. Bu insonlar ikki hafta davomida kuzatuv ostida bo‘ladi.
Tailandda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat o‘tgan yil 18-iyulda qayd etilgan. O‘shanda ham Ummondan kelgan 75 yoshli kishida infeksiya aniqlangan, u muvaffaqiyatli davolanib, mamlakatiga qaytishiga ruxsat berilgan va kasallik tarqalishining oldi olingandi.
Izoh (0)