Google kompaniyasi qidiruv tizimi iOS’da o‘z-o‘zidan foydalanilishi uchun Apple’ga 2014-yilda bir milliard dollar to‘lagan. Shuningdek, kompaniya iOS’dagi qurilmalar hisobidan olgan foydasidan Apple’ga foiz ajratib borgan. Bu haqda Google va Oracle o‘rtasida kechayotgan sud jarayonida ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi Meduza.
Ikki yirik kompaniya o‘rtasidagi tortishuv 2010-yildan beri davom etmoqda: Oracle Google’ni Android’da Java’dan foydalangani uchun mablag‘ to‘lamaganlikda ayblamoqda va bir milliard dollarga yaqin tovon puli talab qilmoqda.
Izoh (0)