“Barselona” va Argentina termasi futbolchisi Lionel Messi uning futbolkasini polietilen paketdan yasab olgan iroqlik bolaga yordam bermoqchi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Polietilen paketdan Argentina termasi formasini eslatuvchi futbolka yasab kiyib olgan Daxuk shahrining jajji fuqarosi aks etgan surat turkiyalik ishqibozlar bloglarida paydo bo‘lib, tezlikda butun internetga tarqalib ketdi.
Twitter foydalanuvchilari Messining haqiqiy futbolkasini sovg‘a qilish uchun, bolakayni qidirish bo‘yicha kampaniya boshladi. Ushbu fleshmob haqida argentinalik xabar topdi va bolaga yordam berish istagini bildirdi, ammo uni topish qiyin bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)