Londonning “Arsenal” futbol klubi ishqibozi Barri Jenkins jamoa libosida uylandi. Bunday muhim marosimga u klub futbolkasi, kalta ishton, getra va butsada keldi, deya xabar beradi “Chempionat”.
“Turmush o‘rtog‘im ajoyib qiz, u menga ‘Arsenal’ libosida uylanishimga ruxsat berdi. Omadim chopgan bo‘lsa ajabmas, o‘zimni bamisoli Angliya Kubogini yutib olgandek his etyapman”, — deya to‘lqinlanib yozgan Barri Facebook’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Arsenal”ga ishqibozlik qiluvchi erkak o‘z qizini jamoa sharafiga nomlaganini ikki yil davomida xotinidan yashirib kelgani xabar berilgandi.
Izoh (0)