Xonanda Larisa Moskalyova Abdumo‘min O‘tbosarov xotirasini yodga oldi. “Abdumo‘min aka men uchun erkak kishilar namunasi, olijanoblik va aql timsoli edi”, — deb yozdi xonanda Facebook sahifasida.
“U ayollar orzusining tajassumi edi! Odamlarga shunchalik hurmat bilan munosabatda bo‘lar ediki!.. Hayotimda bunday Inson bilan vidolashishga majbur bo‘ladigan qora kun keladi deb hech o‘ylamagan edim”, — deya qayd etdi Moskalyova.
“Sizni taniganim qanday baxt edi!
Endi yo‘qligingiz qandayin qayg‘u…” — deya so‘zlarini yakunladi qo‘shiqchi.
Izoh (0)