Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) sobiq turmush o‘rtog‘i Shohrux bilan ajrashgani farzandlariga salbiy ta’sir qilmasligini ta’kidladi. U bu haqda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi.
“Turmush o‘rtog‘im bilan qarashlarimiz, fe’l-atvorimiz bir-birimizga to‘g‘ri kelmagani uchun ajrashishga qaror qildik. Ammo bu holat farzandlarimizga salbiy ta’sirini o‘tkazmaydi”, — dedi Lola.
“Dam olish kunlari bolalar otasi, bobosi va buvisi bilan ko‘rishib, birga vaqt o‘tkazib turadi. Bundan tashqari, farzandlarimiz bilan bog‘liq masalalarni ham doim birga hal qilishga harakat qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Xonanda Lola sobiq turmush o‘rtog‘i Shohrux bilan 2011-yilda ajrashgan. Avvalroq, xonanda “boshqa shaxsiy sabablarga ko‘ra” ajrashganini aytib o‘tgandi. Shohruh 2016-yil 16-yanvar kuni yana uylangani ma’lum bo‘ldi.
Qayd etish joiz, Lola 2015-yil dekabr oyida bergan katta intervyusida yana ikki farzandi va mustahkam oilasi bo‘lishini istashini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)