“Real” prezidenti Florentina Peres bundan keyin jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni qo‘llab-quvvatlamoqchi emas. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Jamoa Karlo Anchelottini iste’foga chiqarganidan so‘ng Ronaldu klub rahbariyatini tanqid qilgani Peresning sabr kosasini to‘ldirdi. Bundan tashqari, portugaliyalik futbolchi “PSJ”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarni inkor qilmagani ham klub prezidentining jahlini chiqardi.
Shu bois Peres Ronalduning o‘rniga boshqa futbolchi qidirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar 3 karra “Oltin to‘p” sohibining o‘rniga Neymarni olib kelishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Real”ning yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Ronaldu jamoaning yuragi, qalbi hisoblanadi, men shu yerda ekanman, hech qayoqqa ketmaydi”, deya ta’kidlagandi.
Izoh (0)