Ertaga, 16-yanvar kuni U-23 Osiyo chempionati 2-turi doirasida Tailand va Yaponiya o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. “B” guruhidan o‘rin olgan mazkur bahsni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshqarib boradi, deb xabar qiladi “Championat.asia”.
Unga qanotlarda o‘zbekistonlik Jahongir Saidov va eronlik Rizo Suhandon yordam beradi. Zaxiradagi hakam sifatida eronlik Alirizo Fag‘oni qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Tantashev 1-turda Tailand — Saudiya Arabistoni uchrashuvida zaxira hakami bo‘lib faoliyat olib borgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston — Iroq o‘yinini ummonlik hakamlar boshqarib borishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)