Turkmanistonda harbiy muassasalarning maxsus operatsiyalari chog‘ida musodara qilingan narkotiklar va kontrabanda tamaki mahsulotlarini yoqib yuborish bo‘yicha ommaviy aksiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Turkmanistonda muntazam ravishda o‘tkazib kelinadigan narkotiklarni yo‘q qilish aksiyasi chog‘ida birinchi marta mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan sigaretalar ham yoqildi.
Aksiya ishtirokchilari maxsus o‘txonaga narkotik o‘ramlari va sigareta bloklarini o‘z qo‘llari bilan tashlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mahalliy televideniye narkotik va sigaretalar yo‘q qilinishini ko‘rsatishdan avval Turkmanistonga kontrabanda tamaki mahsulotlari olib kirilishini tashkil qilgan jinoyatchilar guruhi qo‘lga olingani haqidagi syujetni efirga uzatdi.
Izoh (0)