Eron harbiy-havo kuchlariningF-4 qiruvchi samolyoti o‘quv parvozi chog‘ida mamlakat janubi-sharqidagi Konarak shahri hududida halokatga uchradi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Havo kemasidagi ikki uchuvchi ham halok bo‘lgan. Konarak hokimi Bijon Baxtiyoriy aviahalokatga texnik nuqsonlar sabab bo‘lganini bildirgan.
IRNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchilar avvaliga samolyotni avtomobil trassasiga qo‘ndirishga uringan, biroq harakat tig‘izligi bunga xalaqit bergan. Oxir-oqibat havo kemasi yo‘l yaqinidagi yerga qulagan.
Izoh (0)