Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat fuqarolarini qorni tozalash ishlarida ko‘maklashishga chaqirdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Qor ko‘p, demak, non ham ko‘p bo‘ladi va bu o‘tgan yili bo‘lgani singari hosilni sovuq urib ketmasligini anglatadi”, — dedi Lukashenko.
Prezident amaldorlardan va tashkilot rahbarlaridan shahar va qishloq yo‘llari, avtomagistrallarda tirbandliklarni yuzaga keltirayotgan qorni tozalash ishlarini kuchaytirishni so‘radi.
Bundan tashqari, Lukashenko beloruslarni qorni tozalash ishlarida kommunal xizmatlarga yordam berishga chaqirdi.
“Men sizlardan o‘tinib so‘rayman — ko‘chaga chiqib, qorni tozalashga yordam berish kerak”, — dedi prezident.
Izoh (0)