Rossiyaning Saratov viloyati, Engelskiy tumanida mikroavtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida o‘n kishi jabrlandi. Ulardan biri 15 yoshli o‘smirdir, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Reyslarni amalga oshiruvchi mikroavtobus ishtirokidagi YTHda o‘n kishi jabrlandi. Ulardan besh nafari zudlik bilan viloyat shifoxonasiga joylashtirildi. Shifokorlar jabrlanuvchilarning ahvolini o‘rtacha og‘ir deb baholamoqda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
IIV hududiy bosh boshqarmasi matbuot kotibi Dmitriy Rasskazovning ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasi 9-yanvar kuni Moskva vaqti bo‘yicha 13:30 da Engelskiy tumanidagi Engels—Yershov avtoyo‘lida sodir bo‘lgan. 1972-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Pejo mikroavtobusi tezlikda yo‘l chetidagi ariqqa uchib ketib, yonboshiga ag‘darilib qolgan.
Izoh (0)