Keniya shimoli-sharqida joylashgan dunyodagi eng yirik qochoqlar lageri Dadaabda kamida o‘n nafar somalilik vabo xastaligidan halok bo‘ldi. Bundan tashqari, mingga yaqin odam ushbu yuqumli xastalikka chalingan. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Qochoqlar lagerida vaboning avj olishi 2015-yilning noyabrida qayd etilgan edi. O‘sha paytda lagerda 350 mingdan ortiq odam bor edi”, — dedi BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Osman Yusuf Ahmed.
“Kasallikning bu qadar tez tarqalishiga birinchi navbatda mamlakatda bir necha hafta davomida jala yoqqanligi sabab bo‘ldi”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Dadaab – dunyodagi eng yirik qochoqlar lageri bo‘lib, 20 yildan buyon mavjud.
Izoh (0)